Rossiyaga ketish istagidagi o‘zbekistonlik muhojirlar uchun yengillik berilishi mumkin

Olam

image

Rossiya Mehnat vazirligi xorijliklarni ishga joylashtirish bo‘yicha tajriba loyihasi doirasida O‘zbekistondan mamlakatga kirishi mumkin bo‘lgan migrantlar soniga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashni taklif qilmoqda. Hozir limit 10 ming kishini tashkil qiladi. Bu haqda “Kommersant’” yozmoqda. 

Vazirlik, shuningdek, tarmoq tamoyilini bekor qilish tarafdori. Shu bilan birga, xodimlar ma’lum bir ish beruvchining ehtiyojlariga qarab jalb qilinishi aytilgan. 

Mehnat vazirligi potensial ishtirokchilar doirasini kengaytirish maqsadida O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarini maqsadli olib kirish bo‘yicha pilot loyihaning bir qator parametrlarini o‘zgartirishni taklif qilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, xorijdan ishchi kuchini jalb qilishga eng ko‘p bog‘liq bo‘lgan tarmoqlar sabzavotchilik, bog‘dorchilik, parrandachilik, sut chorvachiligi, shuningdek, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati. 

O‘tgan yilning oktyabr oyida Mehnat vazirligi, Qurilish vazirligi va Ichki ishlar vazirligi xorijlik ishchi kuchini mamlakatga qabul qilishning yangi mexanizmini sinovdan o‘tkazish boshlanganini e’lon qilgan. O‘zbekiston hukumati bilan tuzilgan maxsus kelishuv doirasida ushbu mamlakatning 10 ming fuqarosini qurilish industriyasi va agrosanoat korxonalarida ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga olib kirishni ko‘zda tutuvchi tajriba loyihasi ishga tushirilgan. 

Pandemiya davrida sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilish muammosini hal qilish uchun Rossiyaga kelishni xohlovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, PZR test topshirgan va bevosita O‘zbekiston hududida “Sputnik” yoki boshqa vaksinalar bilan emlangan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

620

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing