Rossiyaga qarshi sanksiya kiritmaslik Serbiyaga qimmatga tushadi – Vuchich

Olam

image

Serbiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashdan bosh tortgani uchun G‘arb tomonidan jiddiy bosim ostida qolgan. Bu haqda mamlakat Prezidenti Aleksandr Vuchich ma’lum qildi.

“Agar biz Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llasak, istalgan joyda mukofot olaman. Meni hamma ulug‘laydi, dunyodagi eng buyuk demokrat deb aytishadi, garchi kechagacha ular meni avtoritar va yarim avtokratik deb atashgan. Sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamasligimiz bizga qimmatga tushadi. Siz o‘ylagandan ham qimmatroq. Agar joriy qilsak, hech kimga nisbatan sanksiyalarni qo‘llamaslik prinsiplarimiz zarar ko‘radi, chunki biz sanksiyalar qanchalik axloqsiz, samarasiz ekanligini o‘z tajribamizdan bilamiz”, degan Serbiya rahbari “Pink” telekanali efirida.

U, shuningdek, “Rossiya 2001 yildan beri Serbiyaning hududiy yaxlitligini har doim qo‘llab-quvvatlab kelganini” eslatib o‘tgan.

Shu bilan birga, Vuchich Serbiya sanksiyalar qo‘llamagan yagona Yevropa davlati ekanini aytgan.

“Ba’zilar norozilik bildirish uchun chiqib, aytishyapti: Vuchich - sotqin. Rossiyaga sotilganmi? Sanksiya qo‘llamagan Yevropa davlatlaridan yagonasi Biz esa shunday kichik davlatdanmiz”, degan Serbiya Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Serbiya

Baholaganlar

758

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing