Rossiyaga ishlashga yuboriladigan o‘zbekistonliklar “Sputnik Layt” bilan emlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning 10 ming nafar fuqarosi Rossiyadagi qurilish ishlariga jalb qilinishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, nomzodlarni ishga jalb qilish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili va Rossiya qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari — ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ham aytilgan.

Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mehnat mirgantlarini emlash uchun yangi turdagi “Sputnik Layt” (Sputnik Light) vaksinasining 12 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

“Sputnik Layt” bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun vaksinaning bir dozasini olish kifoya qiladi.

Ushbu vaksina bilan faqat O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilishi mo‘ljallangan 10 ming nafar quruvchi migrantlar emlanadi. Vaksinatsiya jarayoni rossiyalik tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Emlash jarayonlari tez orada boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq, Rossiyadan bir guruh tibbiyot xodimlari O‘zbekistondan ishlash uchun olib ketilishi kerak bo‘lgan fuqarolarni tekshirish uchun kelgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

migrant vaktsina

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing