Rossiyadan O‘zbekistonga yog‘och mahsulotlari kelishi yanada qiyinlashadi

Jamiyat

image

Rossiyaning yog‘ochni qayta ishlash korxonalari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga yog‘ochdan yasalgan panel mahsulotlari (DSP, DVP va fanera) yetkazib berishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda “Qozog‘iston temir yo‘llari” kompaniyasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston hududi orqali bo‘ladigan ushbu tranzitlar G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiya talablariga rioya qilgani uchun to‘xtatilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyadan yog‘ochdan yasalgan panellar eksportining 40 foiz ulushi Qozog‘iston orqali yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashgan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ostona Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya etishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston O'zbekiston sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing