Rossiyadan O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirishga uringan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
17 Sentabr
5036Bugun, 17 sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.
U xalqaro aeroportga “Yekaterinburg-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan. Uning 1 dona yashil rangli yo‘l sumkasi tegishli tartibda tekshirilganda sumka ichida bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalariga ega bo‘lmagan 1 dona “Stalker” pnevmatik to‘pponcha hamda 860 dona o‘q borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 avgust kuni ham Toshkent xalqaro aeroportida pnevmatik qurol olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik aniqlangandi. Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorij fuqarosiga tegishli bo‘lgan 1 dona qora rangli yo‘l sumkasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona pnevmatik qurol va 1 dona pnevmatik quroldan otish uchun mo‘ljallangan 290 dona shariklar (zoldor) chiqqandi.
LiveBarchasi