Rossiyadan O‘zbekistonga pul yuborish to‘xtatiladimi? MB javob berdi

Jamiyat

image

Xalqaro pul o‘tkazmalarining aholi uchun dolzarbligidan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston hududida ularning uzluksiz faoliyati uchun zarur choralar ko‘rib borilmoqda. Bu haqda Markaziy bankning Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi transchegaraviy pul o‘tkazmalari faoliyati yuzasidan bergan ma’lumotida so‘z bordi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ayrim xalqaro pul o‘tkazmalari operatorlari faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yoki to‘xtalishlar kuzatilmoqda.

Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi ko‘plab tizimlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ba’zi tizimlarda uzilishlar vujudga kelganda ularning boshqa muqobilidan foydalanish imkoniyati mavjud.

“Xalqaro pul o‘tkazmalarining aholi uchun dolzarbligidan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan mamlakatimiz hududida ularning uzluksiz faoliyati uchun zarur choralar ko‘rib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning bepoyon sarhadlari bo‘ylab o‘z rizqini terib yurgan Markaziy Osiyo mamlakatlari – O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston mehnat muhojirlariga ko‘ra, urush tahdidi ortidan Rossiyada rubl dollarga nisbatan qadrsizlanib bormoqda. Muhojirlarning uyiga yuboradigan mablag‘i ham avvalgiga nisbatan sezilarni darajada kamaygan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

1468

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing