Farğonalik migrantlar uyiga oyiga örtaça 1 850 dollar yuboryapti

Jamiyat

−

image

Xorijda işlayotgan bir kişiga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi Farğonada 1 850 dollar bölsa, Qoraqalpoğiston va Toşkent viloyatida 400 dollarni taşkil etmoqda. Bu haqda bugun, 2 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğilişda ma’lum qilindi.

Qayd etilişiça, ayni paytda mazkur masala böyiça hududlar örtasida farq katta. Xorijda işlayotgan bir kişiga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi Farğonada 1 850 dollar bölsa, Qoraqalpoğiston va Toşkent viloyatida 400 dollarga, Sirdaryoda 500 dollarga, Jizzax va Navoiyda 600 dollarga, Surxondaryo va Xorazmda 700 dollarga ham yetmayapti.  

Hokimlar, elçilar va texnikum rahbarlari odamlarni yuqori daromadli işlarga tayyorlaş böyiça öz işini qayta körib çiqişi zarurligi körsatib ötilgan.

“Aslida, inson qayerda işlaşi, qança maoş olişi, huquqini kim himoya qilişini bilib borişi kerak!” deydi Prezident.

Davlat rahbari xorijdagi mehnat bozorlariga çiqişda elçilar, hokimlar va texnikumlar hamjihat işlaşi zarurligini ta’kidlagan. Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatarda hamkorlar topib, ularni texnikumlar bilan boğlaş va yurtdoşlarimizni işga joylaştiriş böyiça ijobiy misollar bor.

Lekin qolgan mamlakatlardagi elçilar bu masalada sust ekani körsatib ötilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing