Rossiyadan O‘zbekistonga ayiq bolalarining noqonuniy olib o‘tilishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Olam

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 29 aprel kuni Samara bojxonachilari Rossiyadan O‘zbekistonga to‘rtta qo‘ng‘ir ayiq bolasining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘ygan edi. Mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicham yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq qo‘ng‘ir ayiqlarni Rossiyadan olib chiqish uchun maxsus ruxsatnoma (sertifikat) talab qilinadi.

Biroq bojxonachilar tomonidan to‘xtatilgan haydovchining qo‘lida atigi to‘rtta veterinariya pasporti va guvohnomasi bo‘lgan. Ushbu hujjatlar hayvonlarni mamlakatdan olib chiqish huquqini bermaydi.

Qayd etilishicha, avtomobil haydovchisi hamda noma’lum shaxsga nisbatan Samara bojxona boshqarmasi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 226.1-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Agar ular jinoyatchi deb topilsa, bir million rublgacha jarima yoki o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ayiq bolalarining sizranlik tadbirkor O‘zbekiston fuqarosiga sovg‘a qilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada qo‘ng‘ir ayiq yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiyaga kiruvchi hayvon va o‘simlik turlari ro‘yxatiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya ayiq ayiq bolasi

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing