To‘rtta ayiq bolasining Rossiyadan O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tilayotgani aniqlandi
Olam
−
30 aprel 2022
8876Kecha, 29 aprel kuni Samara bojxonachilari Rossiyadan O‘zbekistonga to‘rtta qo‘ng‘ir ayiq bolasining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘ydi. Bu haqda Federal bojxina xizmati saytida e’lon qilingan xabarda aytiladi.
“Ikki oylik Zita, Gita, Chuk va Gek ayiq bolalari (hujjatlarga ko‘ra, ularning nomi) Samara bojxona boshqarmasining Orenburg viloyati Sagarchin qishlog‘i bo‘yicha xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan avtomobil salonidagi qafaslardan topilgan”, deyiladi xabarda.
Haydovchi Rossiya Federatsiyasi tabiiy resurslarni nazorat qilish federal xizmatidan hayvonlarni Rossiya hududidan olib chiqish uchun ruxsat olmagan. Hujjatlarga ko‘ra, ayiq bolalarining sizranlik tadbirkor O‘zbekiston fuqarosiga sovg‘a qilgan. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, ularni Sizran hayvonot bog‘idan o‘zbek sirkiga olib ketilgan.
Ma’lumot uchun, Rossiyada qo‘ng‘ir ayiq yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiyaga kiruvchi hayvon va o‘simlik turlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Hozirda bojxona organlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, tafsilotlar o‘rganilmoqda.
LiveBarchasi