Rossiyadan olib kelingan “gashish” to‘xtatib qolindi (video)
3-sahifa
−
09:41 840 1 daqiqa
Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari hamkorligida Buvayda tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Marg‘ilon – Buvayda” yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan – Qo‘shtepa tumanida yashovchi shaxsning yonida 1 kg 187 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida Urganch shahridagi tezkor tadbir davomida muqaddam sudlangan shaxsning yonidan va vaqtincha yashash xonadonidan jami 620 gr “gashish” va 297 gr “mefedron” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur narkotik moddalar Rossiya Federatsiyasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Bildirilishicha, har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qariyb 3 kilogramm “gashish” musodara qilingan edi.
Live
Barchasi