Rossiyadagi YTHda 8 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 1 sentyabr kuni Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida mikroavtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida o‘zbekistonlik 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Nijniy Novgorod viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

M-12 trassasida miniven haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, mashina ikki marta to‘siqqa urilgan va ag‘darilgan. Mashina ichida jami 12 kishi bo‘lgan. YTH oqibatida 8 kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Haydovchi va 3 yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan. Mashinadagi odamlarning 11 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan va ular Rossiyada qonuniy ishlab yurgan.

Haydovchi 32 yoshli Tojikiston fuqarosi bo‘lib, uning so‘zlariga ko‘ra, mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan va boshqaruvni yo‘qotgan, shundan so‘ng halokatli voqea sodir bo‘lgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 264-moddasi 5-qismi (Ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va bir qator ekspertiza tayinlangan. Haydovchi va uch yo‘lovchi esa shifoxonada qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Rossiyaning Penza viloyatidagi M-5 Ural trassasida yuk mashinasi va mikroavtobus ishtirokida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgandi. Prezidentning topshirig‘i bilan Penzada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari 13 yanvar kuni Xorazm viloyatiga olib kelingandi. Aprel oyida esa Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan Samara-Chimkent trassasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi. Ular ham maxsus bortda O‘zbekistonga olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik mikroavtobus Nijniy Novgorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made