Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi
3-sahifa
−
20 dekabr 2024 4457 1 daqiqa
Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolod tumanidagi tashlandiq binoda yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi 90 foiz kuyish bilan reanimatsiyaga yotqizildi. Bu haqda "78.ru" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15 dekabr kuni soat 22:55 larda Chekalov ko‘chasida yong‘in yuz bergan. Umumiy maydoni 50 kvadrat metr bo‘lgan tashlandiq uy yongan. Soat 00:54 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Voqea joyiga Leningrad viloyatining yong‘in-qutqaruv qismlarining navbatchi bo‘linmalari yetib kelgan. Tez tibbiy yordam brigadasi 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosini yonib ketgan uydan topib, Vsevolod shifoxonasiga olib ketgan.
Shifokorlar jabrlanuvchining tanasining bir necha qismlarida uchinchi darajali termik kuyishni aniqlagan. Umuman olganda, o‘zbekistonlikning tanasi 90 foizga kuygan. Erkak og‘ir ahvolda reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi