Rossiyadagi ur-to‘polonda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldimi?

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan “Saxarovo” migratsiya markazida bo‘lgan tiqilinchda xorijiy fuqaroning vafot etgani va u O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, vakolatxona mazkur holat yuzasidan aniqlash ishlarini olib borgan va rasmiy ma’lumotlarni jamlagan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15 may kuni “Saxarovo” migratsiya markazida hujjat rasmiylashtirish uchun navbatda turgan fuqaro o‘zini noxush his qilgan va unda to‘satdan yurak xuruji ro‘y bergan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan u vafot etgan.

Olib borilgan tekshiruvlar natijasida marhum Tojikiston fuqarosi ekani aniqlangan. Bu ma’lumot rasman Tojikistonning Rossiyadagi vakolatli organlari tomonidan ham tasdiqlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Rossiyaning tegishli idoralari tomonidan huquqiy tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahridagi kafelardan birida migrantlar mamlakatning xavfsizlik kuchlari tomonidan ayovsiz kaltaklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya vakolatxona Saxarovo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing