Rossiyadagi texnikumda otishma sodir bo‘ldi. Qurbon bor
Olam
−
18:02 1976 1 daqiqa
Bugun, 11 fevral kuni Rossiyaning Anapa shahridagi sanoat texnikumida 18 yoshli talaba tomonidan otishma sodir etildi. Oqibatda bino qo‘riqchisi halok bo‘lgan va yana uch kishi jarohatlanib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Mash” xabar berdi.
Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratevning aytishicha, halok bo‘lgan qo‘riqchi xavfsizlik tugmasini bosishga ulgurgan. Shu orqali qurbonlar soni ko‘payishini oldi olingan. Shunga qaramay, otishma oqibatida uch kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea joyiga yetib borgan huquq-tartibot xodimlari 2008 yilda tug‘ilgan talabadan silliq dastali ov quroli, o‘q-dorilar solingan nimcha va o‘nlab patronlarni musodara qilgan. Hozircha hujumning aniq sabablari ma’lum emas. Mutaxassislar qurolning qonuniy yoki noqonuniy ekanligini va texnikumdagi xavfsizlik tizimini tekshirmoqda.
Bu fojia nafaqat voqea sodir bo‘lgan hudud uchun, balki butun Rossiyadagi maktab va texnikumlarda xavfsizlik masalalarini qayta ko‘rib chiqishga turtki bo‘lmoqda. Shuningdek, yoshlar orasidagi ruhiy salomatlik masalalari va qurol nazoratining dolzarbligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi Tumbler-Rij shahri o‘rta maktabida sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Farangiz Sunnatova
Live
Barchasi