Rossiyadagi namoyishlar MDHdagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun uyushtirilganmi?

Olam

image

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zolari o‘sib borayotgan tashqi siyosiy va iqtisodiy bosimga qarshi birlashishi kerak. MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev bugun, 28 yanvar kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda shunday fikrni ilgari surdi.

“Yaqinda, 23 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan namoyishlar hamdo‘stlik davlatlaridagi siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish uchun oldindan rejalashtirilgan va muvofiqlashtirilgan omildan darak beradi. 

Sanksiyalar nafaqat iqtisodiy zarar yetkazish, balki siyosiy muhitni beqarorlashtirish uchun yo‘naltirilgan. Biz har qanday holatda ham bunga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, deydi MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbari Sergey Lebedev.

Lebedevga ko‘ra, ortib borayotgan tashqi bosimlarga qarshi turish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish MDHning amaldagi raisi – Belarusga alohida mas’uliyat yuklaydi. 

Lebedev MDH doirasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida to‘xtalib o‘tdi. 

“Iqtisodiy hamkorlik, ayniqsa, Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va boshqa hamdo‘stlik davlatlariga ta’sir ko‘rsatadigan sanksiyalar siyosati davrida dolzarbdir”, deydi Lebedev. 

Siyosatchining ta’kidlashicha, ehtiyotsizlik bilan aytilgan birgina so‘z G‘arbning darhol hamdo‘stlik davlatlariga bosim qilishiga olib keladi. Ushbu sanksiyalar bosimga qarshi turish uchun hamdo‘stlik kuchlarini birlashtirishga undaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya MDH namoyish

Baholaganlar

187

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing