Rossiyadagi mehmonxonada o‘zbekistonlik vahshiylarcha o‘ldirildi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2023
30193Sankt-Peterburgning (Rossiya) Kolpinskiy tumanida O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatandoshini o‘ldirdi. Bu haqda “78.ru” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 13 oktyabr kuni ro‘y bergan. Mast o‘zbekistonlik “Briola” mehmonxonasida janjal ko‘targan.
Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idorasi xodimlari mehmonxonada yashovchi 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadini topgan. Uning bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘iga pichoq bilan urilgan.
Politsiya 39 yoshli gumonlanuvchini qo‘lga oldi va u hibsda saqlanmoqda.
Avvalroq, Rossiya poytaxti Moskva shahrida ikkita jasad topilgani, asosiy gumondor sifatida o‘zbekistonlik migrant ushlangani xabar berilgan edi.
LiveBarchasi