Rossiyadagi maktabda terakt uyushtirgan erkak umrbod “Qora delfin”da qoladi

Olam

image

2021 yilning may oyida Rossiyaning Qozon shahridagi maktabda terakt uyushtirgan Ilnaz Galyaviyev umrbod qamoq jazosini Orenburg viloyati Sol-Iletsk shahridagi “Qora delfin” nomi bilan mashhur bo‘lgan IK-6 qamoqxonasida o‘taydi. Bu haqda Tatariston prokuraturasiga tayanib, TASS xabar berdi

Ilnaz Galyaviyev 2021 yilning 11 may kuni Qozon shahridagi 175-sonli gimnaziyada o‘quvchilar tomonga o‘q uzgan va portlash sodir qilgan. Oqibatda 7 nafar maktab o‘quvchisi va 2 nafar o‘qituvchi voqea joyida halok bo‘lgan hamda 139 kishi og‘ir jarohat olgan. Yuqoridagi holat bo‘yicha jami 600 nafardan ortiq odam jabrlanuvchi sifatida tan olingan. 

Tatariston Oliy sudi Galyaviyevni umrbod qamoq jazosini maxsus rejimli koloniyada o‘tashga va 200 ming rubl miqdorida jarimaga hukm qilgan. Shuningdek, Nijniy Novgoroddagi umumiy yurisdiksiyaning to‘rtinchi apellyatsiya sudi mazkur hukmni o‘z kuchida qoldirgan.

Ma’lumot uchun, “Qora delfin” (IK-6) qamoqxonasi o‘ta o‘g‘ir rejimli koloniya bo‘lib, unda asosan 5 va undan ortiq jiddiy ayblovlar qo‘yilgan mahbuslar saqlanadi. Terrorchilar, retsidivist va umrbodga qamalgan xavfli qotillar shular jumlasidan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya terakt Qora del'fin Il'naz Galyaviev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing