Qozondagi maktabda otishma va portlash sodir bo‘ldi. 9 kishi qurbon bo‘ldi (video)
Olam
−
11 may 2021
10255Bugun, 11 may kuni Rossiyaning Qozon shahridagi maktablardan birida avval otishma, keyin esa portlash yuz berdi. Bu haqda Rossiya OAV xabar bermoqda.
Maktabdagi otishmadan keyin 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ularning 12 nafari bolalar. Hodisa natijasida 9 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. To‘rt kishi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Hodisa joyidan tarqalgan kadlarda bolalar otishma vaqtida qochish uchun maktab oynasidan sakragani ko‘rinadi.
Tatarstan prokuraturasi respublika prokurori Ildus Nafikov hodisa joyiga yetib borgan. Hozirda vaziyatni to‘liq o‘rganish ishlari boshlangan.
Keyinroq 175-sonli maktabda yosh yigit otishma uyushtirgani aniqlanib, u hibsga olingan. Ikkinchi buzg‘unchi 4-qavatda qamal qilingan. Hodisa joyida tezkor xizmat xodimlari ish olib bormoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, buzg‘unchi otishmani boshlashidan oldin portlash uyushtirgan.
“Men darsda edim, avval portlash ovozini eshitdim, keyin otishmani. Kamida ikkita o‘q uzildi, balki ko‘proqdir, qo‘rqib ketgandim, aniq aytolmayman. Qurbonlar orasida o‘quvchi va o‘qituvchilar bor, ammo aniq kim o‘lganini bilmayman. Hujum qilganlar o‘quvchi ekaniga shubham bor. Otishma boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, bizning sinfni evakuatsiya qilishdi”, degan o‘quvchi qizlardan biri.