Rossiyadagi konda portlash bo‘ldi
Olam
−
23 aprel 2022 7971 1 daqiqa
Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Gayskiy kon-qayta ishlash zavodida 1,2 km chuqurlikda portlovchi moddaning portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Gayskiy kon-qayta ishlash kombinatidagi hodisa fakti bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 23 aprel kuni taxminan soat 08:50 da, tog‘-kon qazish va portlatish chog‘ida 1,2 km chuqurlikda portlovchi moddaning favqulodda portlashi sodir bo‘lgan. 88 ishchi evakuatsiya qilindi. Uch kishi halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Favqulodda xizmatlar bergan ma’lumotga ko‘ra, kondagi portlash joyini tark etgan ishchilarning hech biri tibbiy yordamga muhtoj emas.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash tog‘-kon va portlatish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin”, degan manba.
Portlash oqibatida halok bo‘lganlar jasadi 1205 m chuqurlikda aniqlangan. Hozirda voqea joyida qutqaruvchilar ishlayotgani aytilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025