Rossiyadagi beton zavodda o‘zbekistonliklar majburan ishlatildi

Olam

image

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida 3 nafar o‘zbekistonlik migrant majburiy tarzda mehnatga jalb etildi. Bu haqda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona, Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi hamda Krasnoyarsk o‘lkasidagi o‘zbek vatandosh diaspora tashkiloti hamkorligida Krasnoyarsk shahridagi beton zavodning birida majburiy tarzda mehnatga jalb etilgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari, xususan, 22 yoshli J.K., 25 yoshli T.A. va 19 yoshli X.A. bilan aloqa o‘rnatilgan.

Mazkur fuqarolar qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida politsiya bo‘limiga arizalarni taqdim etgan.

“Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olinib, RF vakolatli idoralari bilan tegishli ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant majburiy mexnat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing