Rossiyadagi aeroportda o‘zbekistonlik erkak boshqa bir yo‘lovchiga pichoq bilan hujum qildi (video)
Olam
−
14 yanvar
9776Rossiyaning Krasnoyarsk shahri aeroportida 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi to‘satdan boshqa erkakka pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda Sibir transport politsiyasi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Krasnoyarsk aeroporti majmuasining birinchi qavatida 40 yoshli gumonlanuvchi to‘satdan 39 yoshli jabrlanuvchiga bir necha bor pichoq bilan zarba bergan. Voqea joyiga bir necha soniya ichida yetib kelgan ikki guvoh va transport politsiyasi xodimlari erkakni qo‘lga olgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga u tajovuzkorlik ko‘rsatmagan, keyin birdaniga 39 yoshli erkakning oldiga yugurib borib, unga bir necha marta zarba bergan. Jabrlanuvchi hozirda orqa va qulog‘idan og‘ir jarohatlar olib, shifoxonaga yotqizilgan. U gumonlanuvchini tanimasligini aytgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan odam o‘ldirishga urinish bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea sababini o‘rganmoqda. Hujum paytida u mast bo‘lgan degan versiya mavjud. Qo‘lga olish chog‘ida u qarshilik ko‘rsatmay, qurolni polga uloqtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburgda Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonlik 21 yoshli yigit 25 yoshli qizni zo‘rlashda gumonlanayotgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar