Rossiyada zaharlangan o‘zbekistonlik vafot etdi
Olam
−
22 Sentabr 2021
9064Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi qo‘ziqorindan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda “Nevskiye Novosti” xabar berdi.
Taxminan 30 yoshlardagi o‘zbekistonlik migrant Shimoliy poytaxt va Leningrad viloyatidagi eng zaharli rangsiz qurbaqasalla qo‘ziqornini iste’mol qilgan, deydi Sankt-Peterburg sog‘liq saqlash qo‘mitasining bosh toksikologi Aleksey Lodyagin.
Vafot etgan o‘zbekistonlikdan tashqari yana 2-3 kishi ham o‘sha qo‘ziqorinlardan iste’mol qilgan. Biroq, faqatgina u zaharlangan.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, zaharlangan o‘zbekistonlik aynan rangsiz qurbaqasalla qo‘ziqornini iste’mol qilgani noma’lum. Qurbonning ta’rifiga ko‘ra, shifokorlar shunday xulosaga kelgan.
LiveBarchasi