Rossiyada o‘zbekistonlik erkak qurilish maydonchasidan yiqilib, vafot etdi

3-sahifa

image

Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida montaj ishlari paytida o‘zbekistonlik quruvchi o‘n metr balandlikdan qulab tushdi va olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etdi. Bu haqda “Neva Today” xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 21 iyun kuni soat 13:30 da sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, montaj ishlari olib borilayotgan vaqtda 36 yoshli o‘zbekistonlik 10 metr balandlikdan yiqilib, olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Politsiya mazkur holat yuzasidan qurilish yoki boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzganlik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada xavfsizlik kuchlari o‘zbekistonlik 45 nafar mehnat migrantini qo‘lga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing