Rossiyada “O‘lmas polk” soxtalashtirilgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O‘lmas polk” aksiyasida bir necha o‘nlab ishtirokchilar “massovka” uchun yollangani aniqlandi. Bu haqda “Fontanka” xabar bermoqda. 

Buning sababi esa noma’lumligicha qolmoqda. Ta’kidlanishicha, “Akula” agentligi odamlarni yollash ishlari bilan shug‘ullangan. “Fontanka” muxbiri “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i guruhi va Telegram kanalida Sankt-Peterburg va Nijniy Novgorod uchun qo‘shimcha xodimlarni ishga olish bo‘yicha e’lon topgan. To‘lov soatiga 300 rubl bo‘lgan. 

“Yuz minglab odamlar ixtiyoriy ravishda ishtirok etayotgan namoyishga nega pul evaziga 50-70 kishini yollash zarurligi sirligicha qolmoqda. Ehtimol, bunga so‘nggi o‘n yilliklardagi urushlar qatnashchilarining portretlari jamlangani sabab bo‘lgan”, deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, nashr muxbiri aksiyada “massovka” a’zosi sifatida ishtirok etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular yig‘ilgan joyda 70 ga yaqin odam bo‘lgan, ishtirokchilarning aksariyati yoshlardan tashkil topgan. Muxbir ikkinchi Chechen urushida halok bo‘lgan odamning portretini olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'lmas polk

Baholaganlar

672

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing