Rossiyada o‘lim jazosi tiklanadimi? Peskov tilga kirdi

Olam

image

Rossiyada o‘lim jazosiga moratoriyni bekor qilish masalasi kun tartibida emas, bunday imkoniyat muhokama qilinmayapti. Bu haqda bugun, 2 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Kremlning bu boradagi pozitsiyasi hech qanday tarzda o‘zgarmadi. Shunchaki, bu masala hozir kun tartibida emas. Biz mazkur masalani muhokama qilmayapmiz", deydi u jurnalistlarning tegishli savoliga javob berar ekan.

Peskovning ta’kidlashicha, de-fakto vaziyat hech qanaqasiga o‘zgarmaydi. De-fakto va de-yure [bir xil] qoladi.

Avvalroq, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyada o‘lim jazosini qaytarish bo‘yicha endi cheklovlar yo‘qligini, lekin hamma narsa hozirgi vaziyatga bog‘liq bo‘lishini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasida 1993 yilgi amaldagi konstitutsiyaga binoan o‘lim jazosi vaqtinchalik bo‘lib,  faqat ma’lum bir o‘tish davri uchun mo‘ljallangan va 1997 yil 16 apreldan boshlab qo‘llanilishi mumkin emas, ya’ni o‘lim jazosi na qo‘llanilishi va na ijro etilishi kerak.

Uni qo‘llash masalasiga 2009 yilda Konstitutsiyaviy sud tomonidan konstitutsiya va xalqaro shartnomalar asosida nihoyat oydinlik kiritildi, biroq o‘lim jazosi to‘g‘risidagi norma konstitutsiya va xalqaro shartnomalarga qaraganda kamroq yuridik kuchga ega bo‘lgan milliy qonunchilikda saqlanib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

o'lim jazosi Peskov

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing