Tramp 3 turdagi jinoyatchilar uchun o‘lim jazosini qo‘llashga va’da berdi
Olam
−
21:34 523 2 daqiqa
AKSH Prezidenti Donald Tramp agar AQSHda Respublikachilar partiyasi Kongressga oraliq saylovlarda g‘alaba qozonsa, giyohvand moddalar savdogarlari, odam savdogarlari va politsiyachilarni o‘ldirganlar uchun eng oliy jazo chorasini joriy etishga va’da berdi. Bu haqda u kecha, 2 oktyabr kuni Alabama shtatida o‘z tarafdorlari oldidagi nutqida gapirdi.
“Biz yirik giyohvand dilerlari, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar va politsiyachini o‘ldirgan har qanday shaxs uchun o‘lim jazosini joriy etamiz”, deydi Tramp.
Qayd etish joiz, o‘lim jazosi mavzusi hozirda Amerika OAVlari kun tartibida turibdi. Joriy yilning 30 sentyabr kuni Tennessi shtatida o‘limga hukm qilingan Krista Geyl Paykni qatl etish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinish sodir bo‘lgan edi. Unga o‘lim hukmi 1995 yilda kursdoshini shafqatsizlarcha o‘ldirgani uchun chiqarilgan. https://qalampir.uz/news/sevgilisining-ma-shuk-asini-uldirgan-mahbus-2-doza-ulim-dorisidan-keyin-ham-tirik-k-oldi-143893
Hukmni ijro etuvchilar preparatning birinchi dozasini yuborganidan so‘ng, mahkum xushida qolib, “qo‘li bilan nimadir bo‘layotganidan” shikoyat qilgan. So‘ng ayolga takroriy doza yuborilgan, ammo u yana omon qolgan va azoblanib xirillashni boshlagan. Muvaffaqiyatsiz qatl va jinoyatchining azoblanishi eng oliy jazo chorasining insonparvarligi masalasini yana kun tartibiga olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jazoir parlamentining quyi palatasi Jinoyat kodeksiga qasddan o‘t qo‘yish va bolalarni o‘g‘irlaganlik uchun o‘lim jazosini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ma’qullagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi