Medvedev Rossiyada o‘lim jazosi tiklanishi ehtimolini baholadi

Olam

image

Rossiyada o‘lim jazosini qaytarish bo‘yicha endi cheklovlar yo‘q, lekin hamma narsa hozirgi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi. 

“O‘lim jazosiga turlicha munosabatda bo‘lish mumkin. Tabiiyki, nuqtai nazarlar har doim qarama-qarshi bo‘lgan. Hech bo‘lmaganda quyidagilarni aytishimiz mumkin: mamlakatimizning Yevropa Kengashi konvensiyalarida ishtirok etishi Konstitutsiyaviy sudning bir qator qarorlarini qabul qilish uchun turtki edi. Endi bu konvensiyalar biz uchun o‘z kuchini yo‘qotdi”, degan Dmitriy Medvedev. 

Uning ta’kidlashicha, bu masala juda murakkab. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, bu mavzu nafaqat huquqiy, balki ma’naviy komponentga ham tegishli. Medvedev bu borada Konstitutsiyaviy sudning yo‘l-yo‘riqli tushuntirishlari, uning huquqiy pozitsiyasi borligini ta’kidlagan. 

Dmitriy Medvedev urushdan keyin o‘lim jazosi bekor qilinganiga qaramay, u tez fursatda tiklanganini eslagan. Medvedev buni zo‘ravonlik jinoyatlari soni keskin oshgani bilan izohlagan. Rossiyaning sobiq Prezidenti bu mavzu bo‘yicha kelajakda nima bo‘lishini bilmasligini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni Rossiyaning Yevropa Kengashidan chiqishi haqidagi bildirishnoma tashkilot Bosh kotibi Mariya Peychinovich-Burichga topshirildi. Rossiya Yevropa Kengashidan chiqqanidan keyin ham, agar ular Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lmasa, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining allaqachon qabul qilingan qarorlarini bajarishda davom etishi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Medvedev

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing