Rossiyada o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Olam
−
05 yanvar
9282Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 16 yoshli o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “Fontanka” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosining ishi Kuybishevskiy tumani sudida ko‘rib chiqilyapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Yangi yilda – 2024 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi Sankt-Peterburg shahri markazida sodir bo‘lgan.
O‘zbekistonlik migrant 16 yoshli qizni Zvenigorodskaya ko‘chasidagi 16-uyning zinapoyasida uchratib qolgan. Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga u qizni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lgan, keyin uning kiyimlarini yirtib tashlagan. Qiz esa unga qarshilik ko‘rsatib, qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Shundan so‘ng, erkak 2 yanvar kuni hibsga olingan. Markaziy okrug tergov qo‘mitasi o‘zbekistonlikni voyaga yetmagan qizni zo‘rlashga urinish va unga nisbatan jinsiy tajovuz qilishda ayblamoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiyada pedofillar umrbod qamaladi. Mamlakat Prezidenti Vladimir Putin 2022 yilda retsidivist pedofillarga umrbod qamoq jazosini tayinlashni nazarda tutuvchi qonunni imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 11 yoshli qizga tegajog‘lik qilishda gumonlanib, hibsga olingandi.
LiveBarchasi