Rossiyada poyezdni yoqib yubormoqchi bo‘lgan markaziy osiyolik migrant qo‘lga olindi (video)

Olam

image

Rossiya tarkibidagi Udmurtiya Respublikasida poyezdni yoqib yuborishga tayyorgarlik ko‘rgan markaziy osiyolik shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgan odamni xavfsizlik xodimlari ko‘cha supuruvchisi kiyimida ushlagan. Ular fuqaroning niyatidan boxabar bo‘lgan va hujumga tayyorgarlik ko‘rib, supuruvchi kiyimini kiygan. 

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan e’lon qilingan kadrlar orqali 3 nafar maxsus xodim ko‘cha supuruvchi libosida gumonlanuvchini ushlab, uni zararsizlantirganini ko‘rish mumkin.

Ushbu qo‘lga olish Udmurtiyaning Glazov shahrida sodir bo‘lgan. Nashrga ko‘ra, gumonlanuvchidan qo‘lbola yonuvchi qurilmalar tayyorlash uchun qismlar va mobil telefon topilgan.

Unga terrorchilik hujumiga tayyorgarlik va terrorchilik faoliyatiga undash moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Rostov-na-Donu shahrida markaziy osiyolik bir fuqaroni terrorchilik harakatini uyushtirishga urinishda gumon qilib, hibsga olgandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiya Mudofaa vazirligining yuqori lavozimli harbiy xodimiga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan. Uning yonidan 400 gramm trotil ekvivalentiga teng bo‘lgan qo‘lbola portlovchi moslama topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant poezd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing