Rossiyada politsiya xodimlari yetishmayapti
Olam
−
11 avgust 2023
7002Rossiyada huquqni muhofaza qilish organlarida xodimlarning tanqidiy yetishmasligi kuzatilmoqda. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev ma’lum qildi.
“Kadrlar taqchilligi juda katta. Aytishim kerakki, bu allaqachon tanqidiy darajada. Oxirgi bir oy ichida besh ming nafar xodim ichki ishlar organini tark etdi”, deydi vazir.
Aytish joizki, bu Kolokolsevning kadrlar yetishmasligidan birinchi marta shikoyat qilishi emas. O‘tgan yilning noyabr oyida ham u huquq-tartibot idoralarida 90 ming xodim yetishmasligini aytgan. Vazirning ta’kidlashicha, Moskvada o‘n yildan sal ko‘proq vaqt ichida Ichki ishlar vazirligi xodimlari soni ikki baravar kamaygan.
Kolokolsevga ko‘ra, vaziyat hali jinoyatchilikka ta’sir qilmayapti, lekin hamma narsaning o‘ziga yarasha chegarasi bor. Muammoni hal qilish variantlaridan biri sifatida Kolokolsev xodimlarni, birinchi navbatda, hududlardagi tuman militsiya xodimlarini uy-joy bilan ta’minlashga chaqirgan. IIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda tuman IIB xodimlarining 6 foizini yashash sharoitini yaxshilash mumkin bo‘ladi.
Davlat Dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ernest Valeyev Ichki ishlar vazirligida kadrlar yetishmasligi boshqarma ehtiyojlarini qondirish uchun ajratilgan mablag‘larning kamligi bilan bog‘liqligini aytgan. Maoshni oshirish bo‘yicha tizimli ish olib borish va imtiyozlar berish zarurligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi