Rossiyada pichoqlanib, boshiga qop kiydirilgan o‘zbekistonlik o‘rmondan topildi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri yaqinidagi Lisiy Nos o‘rmonida O‘zbekiston fuqarosi pichoq jarohatlari va boshiga qop kiydirilgan holda topildi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Jabrlanuvchining Primorskiy tuman politsiyasi xodimlariga aytishicha, u Sestroretsk shahrida noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Nashr manbasiga ko‘ra, erkak ishdan so‘ng do‘konga kirgan. Shu paytda noma’lum shaxslar uning boshiga qop kiydirib, olib qochib ketgan. Biroz vaqt o‘tgach, u qarindoshlariga qo‘ng‘iroq qilib, hujum qilganlar undan 55 ming rubl talab qilayotganini aytgan. Keyinroq uni o‘rmonzor hududiga olib borib, bir necha marta pichoqlab, tashlab ketishgan.

Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda jabrlanuvchi shifoxonada davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva viloyatining Shyolkovo shahrida O‘zbekiston fuqarosi 49 yoshli kar-soqov erkakni kaltaklab o‘ldirgandi. Jabrlanuvchi axlat konteynerlari yonidan o‘tayotganida, u yerda mahalliy boshqaruv kompaniyasida ishlovchi ikki o‘zbekistonlik ishchi chiqindilarni kovlayotgan bo‘lgan. Kar-soqov erkak imo-ishoralar orqali noroziligini bildirgan – taxmin qilinishicha, u ularning axlatni titkilayotganiga e’tiroz bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya Lisiy Nos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing