Rossiyada noqonuniy migrantlarga amnistiya qo‘llanishi mumkin

Olam

image

Rossiyada mehnat va migratsiya qonunchiligi sohasida huquqbuzarlik sodir etgan mehnat migrantlari uchun amnistiya qo‘llanilishi mumkin. Bu haqda kecha, 29 avgust kuni “Kommersant” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bu chora hujjat muddati o‘tgan yoki mamlakatdan deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan migrantlar reyestrini ishga tushirishga tayyorgarlik doirasida muhokama qilinmoqda.

Nazorat ostidagi shaxslar reestri 2025 yilda ishga tushirilishi kerak, u migratsiya nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qabul qilingan qonun loyihalari paketi doirasida yaratiladi. Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova raisligida bo‘lib o‘tgan migratsiya siyosati bo‘yicha hukumat komissiyasi yig‘ilishida Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy “hech bir IT infratuzilmasi bir vaqtning o‘zida barcha huquqbuzarlarni ma’lumotlar bazasiga kiritishni qo‘llab-quvvatlamaydi” degan.

Uning fikricha, nisbatan kichik huquqbuzarlik qilgan migrantlar uchun amnistiya e’lon qilinsa, yaxshi qaror qilingan bo‘ladi. Yig‘ilishda qatnashgan FXX kontrrazvedka xizmati rahbari Vladislav Menshikovning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbusni razvedka xizmatlari ham qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Rossiya Ichki ishlar vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, ayni paytda Rossiyada 630 mingga yaqin noqonuniy migrantlar bor. Vazirlik rasmiylarining ta’kidlashicha, mamlakatda qolish qoidalarini buzgan, ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoki noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlar noqonuniy migrant hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati mamlakatning barcha rezidentlari to‘g‘risidagi yagona ma’lumot manbai bo‘lgan Federal aholi reyestrida joylashgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatini kengaytirmoqchiligi xabar qilingandi. “Rossiyskaya gazeta”ning yozishicha, Rossiyadan rus tilini bilmagan migrantlar chiqarib yuborilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made