Rossiyada narkotik saqlashda ayblangan o‘zbekistonlik 13 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi geroin sotganlikda ayblanib, 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Ural Insider” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Perm shahrining Sverdlovsk tuman sudi O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan 25 yoshli fuqaroni 5 ta jinoyat sodir etganlikda, shu jumladan, Rossiya Jinoyat kodeksining 228-moddasi (giyohvandlik vositalarini katta miqdorda sotish)ga ko‘ra, aybdor deb topib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Aniqlanishicha, u 2021 yilning oktyabr oyida jinoiy guruhda kurer va qadoqlovchi vazifasini bajargan. O‘zbekistonlik 570 grammdan ortiq geroinni qadoqlash va sotish uchun olgani va Sverdlovsk shahridagi xonadonida saqlagani aytilmoqda.

Tezkor tadbirlar davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan jinoyatchi qo‘lga olingan. Giyohvand moddalar sotuvchisining uyi ko‘zdan kechirilganda, sotish uchun tayyorlangan 90 dan ortiq o‘ram geroin topilgan. Sud davlat ayblovining pozitsiyasini inobatga olib, sudlanuvchini 250 ming rubl miqdorida jarima bilan qattiq tartibli axloq tuzatish koloniyasida o‘tash uchun 13 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Sudning hukmi hali qonuniy kuchga kirmagan, apellyatsiya berish imkoni mavjud. Shuningdek, Perm o‘lkasi prokuraturasi ushbu jinoyatning sheriklariga nisbatan jinoyat ishi alohida protsesslarga ajratilgani, tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada deputatni kaltaklagan o‘zbekistonlik qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing