Rossiyada migrantlarning deportatsiya o‘rniga jarima to‘lashiga ruxsat berildi

Olam

image

Kecha, 25 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin migrantlarni deportatsiya qilishning yangi qoidalari haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy portalida e’lon qilindi

Yangi kiritilgan o‘zgarishlar migrantni Rossiya hududidan chiqarib yuborishni 50 ming rublgacha jarima yoki jamoat ishlari bilan almashtirish mumkinligini nazarda tutadi. Agar sud deportatsiya “shaxsiy hayotni hurmat qilish huquqini cheklaydi” deb topsa, bunday choraga ruxsat beriladi. 

“Sudya chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning Rossiya Federatsiyasida yashash muddatini, uning oilaviy ahvolini, Rossiya Federatsiyasi qonunlarida nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashga munosabatini, daromadning mavjudligi va uy-joy bilan ta’minlanganini, faoliyati va kasbi, qonunga bo‘ysunuvchi xatti-harakatlarini hisobga olgan holda, 40 dan 50 ming rublgacha bo‘lgan miqdorda jarima shaklida ma’muriy jazo qo‘llashi mumkin", deyiladi hujjatda.

Shuningdek, o‘zgartirishlarga ko‘ra, deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan migrantlar maxsus muassasalarda 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga saqlanishi mumkin. Chet el fuqarosini qabul qilishga tayyor davlat bo‘lmasa, u jarima to‘lash orqali Rossiyada qolishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing