Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik sezilarli darajada oshdi
Olam
−
25 aprel 2023
5557Rossiyada jinoyatchilikning umumiy kamayishi fonida migrantlar o‘rtasidagi qonunbuzarlik darajasi o‘sib bormoqda, migrantlar jinoyatchiligining eng katta o‘sishi Uralda qayd etilgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Anatoliy Razinkin ma’lum qildi.
“Zamonaviy sharoitda migratsiya qonunchiligi buzilishi va ular o‘rtasida jinoyatchilik darajasi oshib borayotganiga qarshi kurashish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘tgan yili Rossiyada migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoiy huquqbuzarliklar soni 10 foizga oshgan. Jiddiy o‘sish (migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar) mamlakatda jinoyatlar umumiy hajmining 2 foizga qisqarishi fonida sodir bo‘ldi. Ushbu o‘sish shimoliy-g‘arbiy mintaqadan tashqari deyarli barcha federal okruglarda qayd etildi”, deydi Razinkin.
Uning qayd etishicha, Ural federal okrugida yuzaga kelgan vaziyat alohida tashvish uyg‘otadi. Okrugda o‘sish 46 foizni tashkil etgan.
“Muhojirlar o‘rtasida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar soni ham sezilarli darajada oshganini hisobga olsak, javob choralarini ko‘rish kerak”, deydi Bosh prokuratura xodimi.
Razinkinning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili prokurorlar tomonidan migratsiya qonunchiligining 25 mingta buzilishi aniqlangan, prokuratura materiallari asosida 700 dan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi