Rossiyada kunlik kasallanish 7 mingdan oshdi. Bu so‘nggi 3 oydagi eng katta o‘sish

Olam

image

Rossiyada bir sutkada 7212 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Rossiyada COVID-19 ga qarshi kurash tezkor shtabi ma’lum qildi, deb xabar berdi “Meduza”.

Bu Rossiyada bir sutkada 7658 kishida koronavirus aniqlangan 28 iyundan beri eng katta ko‘rsatkich.

Yangi kasallanish holatlari eng ko‘p Moskvada – 1560 kishida aniqlangan. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 510 taga ko‘p. Shuningdek, koronavirus tarqalishi bo‘yicha yetakchilar qatoriga Sankt-Peterburg shahri, Moskva, Rostov va Nijegorod viloyatlari ham kirgan.

O‘tgan bir kechada Rossiyada 108 kishi koronavirusdan vafot etgan, 4317 kishi sog‘aygan.

Shu tariqa Rossiyada jami koronavirusga chalinganlar soni 1 136 048 nafarga yetdi. Pandemiya boshidan beri 20 056 kishi vafot etdi va 934 146 kishi sog‘aydi.

Rossiyada pandemiya boshlanganidan beri 44,3 millionta koronavirus testi o‘tkazildi.

Moskva meriyasi 65 yoshdan kattalarni va surunkali kasalligi borlarni 28 sentyabrdan uyda qolishga chaqirdi. Bundan tashqari, ish beruvchilardan xodimlarini imkon qadar masofaviy ish rejimiga o‘tkazish so‘raldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing