Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi dori vositasi tasdiqlandi

Salomatlik

image

Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi dori vositasi – Avifavir Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi.

Dori vositaning savdo nomi - Avifavir. Dorining davlat reyestrida aytilishicha, uning kimyoviy nomi –Favipiravir.

Avifavir - bu klinik sinovlarda samarali bo‘lgan va koronavirusning ko‘payish mexanizmlarini buzadigan birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya antiviral preparati. Ushbu dori yaxshi o‘rganilgan, chunki u Yaponiyada 2014 yildan buyon grippning og‘ir shakllariga qarshi muomalada bo‘lgan.

"Avifavir nafaqat Rossiyada koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan birinchi virusga qarshi dori, balki u dunyoda eng istiqbolli antioksidlangan COVID-19 dorisi hisoblanadi. U Rossiyadagi klinik tadqiqotlar davomida rekord vaqt ichida ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan. Bu dunyodagi Favipiravir asosida ro‘yxatga olingan birinchi dori bo‘lishiga imkon berdi", deydi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi rahbari Kirill Dmitriyev.

Avifavirni klinik tadqiqotlaridagi oraliq ma’lumotlar COVID-19 ni davolashda preparatning yuqori samaradorligini tasdiqlaydi. Ayni paytda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dori klinik sinovining yakuniy bosqichi davom etmoqda. Unda 330 bemor ishtirok etmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Koronavirus Dori

Baholaganlar

1154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing