Rossiyada qizini vahshiylarcha o‘ldirgan o‘zbekistonlik ayolga hukm o‘qildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg sudi yangi tug‘ilgan qizini paketga solib, daryoga oqizib yuborgan O‘zbekiston fuqarosini 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Sankt-Peterburgning Kolpino tuman sudi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 106-moddasi (Yangi tug‘ilgan chaqaloqni ona tomonidan o‘ldirish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan N.H.ga nisbatan hukm e’lon qilindi”, deyiladi xabarda.

Sudning aniqlashicha, 2021 yil 20 sentyabr kuni N.H. Kolpino shahrida joylashgan Izhora daryosi qirg‘og‘idagi Volodar maydonida qizini dunyoga keltirgan. Qiz sog‘lom tug‘ilgan, unda hech qanday nuqsonlar aniqlanmagan. Ayol hech qayerga tibbiy yordam olish uchun murojaat qilmagan. Aksincha, yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini poliyetilen paketga solib, tugun bilan bog‘lab, bolaning kislorod ta’minotini uzib, daryoga uloqtirgan. Ayol paket daryoning sayoz joyiga tushib qolganini ko‘rib, suvga tushgan va bola solingan paketni daryoning o‘rtarog‘iga uloqtirgan, shundan so‘ng jinoyat joyini tark etgan. Ikki kundan so‘ng chaqaloqning jasadi topilgan, bir hafta o‘tib esa qotillikda gumon qilinib, N.H. qo‘lga olingan.

“Ayol o‘z aybini tan olmadi, faqat yonidagi qaychi yordamida bolaning kindik qismini kesib tashlaganini tasdiqladi. N.H.ning so‘zlariga ko‘ra, u og‘riqdan hushidan ketgan va uyda uyg‘ongan. Xonadoshi chaqaloqning otasiga bola tug‘ilgani haqida xabar bergan. Qanday qilib bola daryoga tushib qolganini tushuntira olmadi, qilmishidan tavba qildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, ayolning marhum qizidan tashqari yana ikki nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

868

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing