Rossiyada imo-ishora tilining xalqaro lug‘ati bloklandi

Olam

image

Roskomnadzor “Spread The Sign” dunyo imo-ishora tillarining xalqaro lug‘atiga kirishni chekladi. Bu haqda "Lenta.ru" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, lug‘at veb-saytida "Birinchi kanal"ning sobiq muharriri Marina Ovsyannikovaning urushga qarshi plakat bilan yangiliklar dasturining jonli efiri paytida yugurib chiqqan kadri joylashtirilgan. O‘tgan yilning oktyabr oyida Ovsyannikova rossiyalik harbiylar haqida soxta xabar tarqatganlikda ayblanib, sirtdan sakkiz yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Bundan tashqari, til saytining asosiy sahifasida rus va ingliz tillarida "Urushni to‘xtating!" yozuvi bilan Ukraina bayrog‘i tasviri mavjud.

Ma’lumot uchun, lug‘at 2006 yilda yaratilgan bo‘lib, unda faqat oltita imo-ishora mavjud edi. Ayni paytda, u 31 ta tilni tanlash imkoniyatini taqdim etib, birgina rus tilida 400 mingdan ortiq imo-ishoralarni o‘z ichiga oladi. Ta’kidlash joizki, “Spread The Sign” kompaniyasi Yevropa imo-ishora tili markazi (Shvetsiya) notijorat uyushmasi tomonidan boshqariladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada Ukraina bilan harbiy nizo boshlanganidan keyin 3000 dan ortiq internet-sayt – yangiliklar nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar, jamoat tashkilotlari, savdo va IT kompaniyalar bloklangandi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya imo-ishora tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing