Rossiyada fuqarolikka qasamyod qilmaganlarning pasporti olib qo‘yiladi
Olam
−
11 noyabr
3339Rossiya pasportini olgan chet el fuqarolari joriy yilning 23 noyabrdan boshlab fuqaroviy qasamyod qabul qilmasa, undan mahrum bo‘ladi. Bu haqda 2023 yil migratsiya siyosatini kuchaytirgan prezident farmoniga asoslanib, Rossiya Ichki ishlar vazirligi nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘rsatilgan sanadan keyin qasamyod qilmaganlar avtomatik ravishda fuqarolikni olmagan hisoblanadi va ularga Rossiya pasportini berish to‘g‘risidagi qaror haqiqiy emas, deb topiladi.
Ushbu talab 2017 yil 1 sentyabrdan oldin Rossiya fuqarosi bo‘lganlar yoki fuqarolikni olish paytida ma’lum sabablarga ko‘ra qasamyod qilishdan ozod etilganlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Negaki mamlakat fuqarosining qasamyod matni 2017 yilda tasdiqlangan. Unga ko‘ra, Rossiya pasportini olgan shaxs fuqarolikni ixtiyoriy va ongli ravishda qabul qiladi, shuningdek, mamlakat konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishga, rossiyaliklarning huquq va erkinliklarini hurmat qilishga, fuqarolik majburiyatlarini bajarishga, davlat erkinligi va mustaqilligini himoya qilishga, Rossiyaga sodiq qolishga, uning tarixi, madaniyati va an’analarini e’zozlashga qasamyod qiladi.
Rossiya fuqaroligini olishda qasamyod qilish Prezident Vladimir Putin tashabbusi bilan joriy etilgan. Tasdiqlangan tartibga ko‘ra, pasportni oluvchi matnni o‘qishi va blankaga imzo qo‘yishi kerak. 18 yoshga to‘lmagan va tug‘ilganlik bo‘yicha fuqarolikni olgan shaxslar bundan ozod etilgan.
Ushbu normalar 2023 yil kuzida “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi federal qonun (N 138-FZ) va prezidentning tegishli farmoni bilan tasdiqlangan, ammo u yangi bandni – pasport olinganidan keyin bir yil ichida fuqarolik qasamyodini qabul qilishni o‘z ichiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Tomsk shahrida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Mahmudjon Mabubzoda ismli Rossiya fuqarosi harbiy qo‘mitada ro‘yxatdan o‘tmagani uchun fuqarolikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgandi. 30 yoshli Mahmudjon 28 avgust kuni Rossiyaga qasamyod qilib, ushbu davlat fuqaroligini olgan. Biroq, ikki hafta ichida Harbiy qo‘mitada ro‘yxatdan o‘tish majburiyatini bajarmagan. U buni Harbiy qo‘mita binosidagi uzun navbatlar bilan izohlagan. 30 yoshli Mahmudjon 28 avgust kuni Rossiyaga qasamyod qilib, ushbu davlat fuqaroligini olgan. Biroq, ikki hafta ichida Harbiy qo‘mitada ro‘yxatdan o‘tish majburiyatini bajarmagan. U buni Harbiy qo‘mita binosidagi uzun navbatlar bilan izohlagan.
LiveBarchasi