Rossiyada erkakning boshiga 12 santimetrlik mix kirib ketdi

Olam

image

Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida erkakning bosh suyagini uzunligi 12 santimetr bo‘lgan ulkan mix teshib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Shifokorlarning aytishicha, jarrohlar uch soatdan ortiq davom etgan operatsiya vaqtida bemorning boshidan mixni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Jarrohlik amaliyotini neyroxirurgiya bo‘limi mudiri Aleksandr Lavrenyuk va shifokor Pavel Smirnov o‘tkazgan.

“Bemor shifoxonada 53 kun yotdi, shundan 40 kunini reanimatsiyada, koma holatida o‘tkazdi. Uning hayoti saqlab qolindi, hozir u reabilitatsiya jarayonida”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida 2005 yilda tug‘ilgan yigitning qornidan 5 dona metalsimon to‘g‘nog‘ich va 6 dona mix olib tashlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nijniy Novgorod mix Aleksandr Lavrenyuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing