Rossiya bayrog‘ini poyandoz qilgani aytilgan o‘zbekistonlik ayol ishi nazoratga olindi

3-sahifa

image

Avvalroq, Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida o‘zbekistonlik ayol Rossiya bayrog‘i va gerbi rasmi tushurilgan gilamchani oyoq ostiga to‘shagani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston tomoni mazkur holat bo‘yicha Rossiyadan rasmiy axborot so‘radi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan tezkorlikda nazoratga olingan. Ayni paytda Rossiya Federatsiyasining tegishli davlat organlari bilan aloqa o‘rnatilib, voqeaning barcha holatlariga oydinlik kiritish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan rasmiy axborot so‘ralgan.

Shuningdek, videolavhada o‘zini O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tanishtirgan Sevara Musayevaning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, unga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh konsulxona tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu vaziyatda Sevara Musayeva yashash xonasining kirish joyiga Rossiya bayrog‘i va gerbining rasmi tushurilgan gilamchani to‘shagani uchun so‘roqqa tutilgan. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 329-moddasi (davlat bayrog‘i yoki davlat gerbini haqorat qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Musayevaning bu holatga izoh berishicha, u gilamchani bir necha kun oldin ko‘chadagi ahlatdan topib olgan va uni yuvib-tozalagan hamda uyiga olib kirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing