Özbekistonlik erkak AQŞdagi eng xavfli jinoyatçilardan deb topildi
3-sahifa
−
16:27 2439 2 daqiqa
AQŞda Özbekiston fuqarosi Sardor Tirkaşev qölga olindi. Oq uy uni jinoiy ötmişga ega noqonuniy migrantlar orasida mamlakatdagi eng xavfli jinoyatçilardan biri deb atadi. Bu haqda “Slavic Sacramento” naşri xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Tirkaşev joriy yilning 7 oktyabr kuni Ogayo ştatining Çillikote şahrida AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (IBNX) xodimlari tomonidan qölga olingan. Oq uyning ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida u boşqa qölga olingan migrantlar bilan birga tilga olingan.
Ma’lumotlarga köra, Tirkaşev avval oğirlaştiruvçi holatlarda sodir etilgan ikki marta tajovuz va talonçilik uçun sudlangan.
Oq uy bayonotida Jo Bayden ma’muriyati davrida jinoiy ötmişga ega noqonuniy migrantlarning mamlakatga kirişiga yöl qöyilgani ta’kidlangan. Donald Tramp ma’muriyati esa çegarani yopib, eng xavfli jinoyatçilarni köçalardan olib taşlayotgani aytilgan.
Keça, 28 oktyabr kuni AQŞ Içki xavfsizlik departamenti (IXD) ham Ogayo ştatida jinoiy ötmişga ega noqonuniy migrantlar qölga olingani haqida ma’lumot bergan. Idora ularning avvalgi jinoyatlari qatorida jinsiy jinoyatlar, böğiş, mast holda avtomobil boşqariş va kokain savdosini sanab ötgan.
IXD rahbari Markveyn Mallin jinoiy ötmişga ega noqonuniy migrantlarni qölga oliş va deportatsiya qiliş davom ettirilişini bildirgan.
“Slavic Sacramento” naşri Tirkaşevning qölga olingani haqida Ogayo ştati huquqni muhofaza qiluvçi organlaridan ma’lumot topgan, biroq ICE xizmatidan bevosita tasdiq ololmaganini qayd etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq özbekistonlik erkak AQŞda 12 mln dollarlik yukni öğirlaganlikda ayblanayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr