Polshada vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning jasadi vatanga qaytarildi
Jamiyat
−
11:31 1237 1 daqiqa
Polshada joriy yilning avgust va sentyabr oylarida vafot etgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 24 avgust kuni Polshaning Olshtin shahrida balandlikdan yiqilib, og‘ir bosh miya jarohati olgan J. X. vafot etgan. Uning jasadi 5 sentyabr kuni O‘zbekistonga olib kelingan.
Joriy yilning 5 sentyabr kuni Shetsin shahrida vafot etgan T. E. ning jasadi esa 20 sentyabr kuni Toshkentga olib kelingan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga qoqshol sabab bo‘lgan.
Bildirilishicha, har ikki holatda ham jasadlarni Polshadan O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha barcha xarajatlar Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dubayda ish topa olmay, O‘zbekistonga qaytish uchun mablag‘siz qolgan o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.