Rossiyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar 15 mingdan oshdi

Olam

image

Rossiyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni 15 099 nafarni tashkil qildi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 1 399 334 nafarga yetdi.

Uchinchi kun ketma-ket RFda kasallanganlar 1,1 foizga ko‘payyapti. Eng kam kasallanish Checheniston, Chuvashiya va Tataristonda qayd etildi.

TASS xabariga ko‘ra, Eng ko‘p yangi kasallanish Moskva (4 610), Sankt-Peterburg (674), Moskva viloyati (460), Rostov (289) va Nijegorod (288) viloyatlarida aniqlangan.

Rossiyada kasallik faol bo‘lganlar soni ilk bor 300 nafardan oshdi.

Koronavirusdan sog‘ayganlar 1 070 576 nafarga yetdi. Jami bemorlarning 76,5 foizi sog‘aygan. 24 187 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing