Rossiyada 8 yashar qiz zo‘rlab, o‘ldirildi
Olam
−
26 avgust 2021 29180 1 daqiqa
Rossiyaning Tyumen shahrida 8 yoshli qiz o‘ldirildi. Qurbon o‘ldirilishidan oldin zo‘rlangan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 30 iyun kuni ertalab Vitaliy Berejnoy mast va giyohvand modda ta’siri ostida 8 yoshli qizni zinapoyada uchratib, kvartiraga olib kirgan va lenta bilan bog‘lab, zo‘rlagan. Keyin esa, qizni o‘ldirgan.
Qayd etilishicha, Tyumenda maktab o‘quvchisini o‘ldirishda gumonlanuvchi o‘z aybini tan olgan.
Erkak jasadni muzlatgichda bir necha kun ushlab turgan. Uni yig‘ish uchun Berejnoy oldingi ish joyidan maishiy texnika qutisini olib kelgan.
Jinoyatni yashirish uchun 17 avgust kuni u qutini Obrochnoye ko‘li sohilidagi borish qiyin bo‘lgan joyga olib borib yashirgan, keyinroq u topilgan.
Xabarga ko‘ra, gumonlanuvchi ko‘ngillilar otryadlari bilan birgalikda tintuvda qatnashgan.
Tergov qo‘mitasining ta’kidlashicha, u 2008 yildan 2011 yilgacha Xanti-Mansiysk avtonom okrugining Nyagan shahrida tuman Ichki ishlar bo‘limi yordamchisi bo‘lib ishlagan. 2015 yilda Tyumenga ko‘chib o‘tgan. U joriy yilning yozida o‘ldirilgan qizning yashash joyidan unchalik uzoq bo‘lmagan uyni ijaraga olib, ko‘chib o‘tgan.
Tergov Berejnoyni hibsga olishni so‘ragan. Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, mutaxassislar allaqachon uning DNKsini qizning jasadidan olingan namunalar bilan mos kelishini tasdiqlagan.
Live
Barchasi