Rossiyada 60 yoshli o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi
3-sahifa
−
27 yanvar 2024 9666 1 daqiqa
Leningrad viloyatining Bugri qishlog‘idagi qurilish maydonchasida 60 yoshli o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 25 yanvar kuni “Enfild” turarjoy majmuasining qurilish ishlari olib borilayotgan qismida yuz bergan. Ustiga metall konstruksiyasi qulab tushgan O‘zbekiston fuqarosi boshidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.
Marhum Rossiyaga ishlash uchun ko‘p marta borganiga qaramay, migratsiya organlarida ro‘yxatdan o‘tmagani aniqlangan.
Holat yuzasidan “Qurilish yoki boshqa vazifalarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish” moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.
Voqea bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Live
Barchasi