Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik zaharlandi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyatida 11 nafar o‘zbekistonlik zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Bir kun avval Bikovsk  markaziy tuman shifoxonasiga zaharlanish alomatlari bilan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi yetkazilgan”, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining izoh berishicha, joriy yil 28 iyul kuni Volgograd viloyati Bikovsk tumanidagi “Pobeda” fermer xo‘jaligida qonuniy ishlab kelayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i yomonlashgach, tez yodam chaqirilib, shifoxonaga olib borilgan.

Ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilib, ular shifoxonaga yotqizilgan. Hozirgi vaqtda fuqarolar o‘zlarini yaxshi his qilmoqda va sog‘lig‘i tiklangach, o‘z ishlariga qaytadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

504

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing