Rossiyada 10 nafar o‘zbekistonlik talaba koronavirusga chalindi
Olam
−
26 iyun 2020 7330 1 daqiqa
Rossiyaning Volgograd shahrida 10 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlandi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Volgograd davlat agrar universitetida tahsil oluvchi o‘zbekistonliklarda koronavirus aniqlangan. Ular koronavirus bemorlarini davolash uchun ixtisoslashtirilgan shifoxonaga yotqizilgan.
Bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar universitet yotoqxonasida karantinga olingan.
O‘zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsulxonasi universitet ma’muriyati bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyat nazoratga olingan.
Live
Barchasi