Rossiyada huquqbuzarlik sodir etgan o‘zbekistonliklarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya etildi

Jamiyat

image

Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga kelgan fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilinadi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston va Rossiya hukumatlarining ma’muriy va jinoiy ishlari bo‘yicha qarorlarni tan olish va ijro etishga oid ikki tomonlama kelishuvlari asosida Qozog‘iston chegara va ichki ishlar tizimida yangi tizim joriy etilgan.  

“Natijada so‘nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda. Shuningdek, hibsga olingan shaxslar Rossiya tomoni mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilguniga qadar jazoni ijro etish muassasalarida saqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga Qozog‘istonning barcha aeroportlarida xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar joriy etilgani munosabati bilan mamlakatga borishda barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib borishni tavsiya qilgandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga kirish va chiqishda fuqarolarga barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishni tavsiya qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made